SHRYODINGER

SHRYODINGER (ZsgosIpyoyeg) Ervin (1887.12.8 Vena 1961.4.1) avstraliyalik fizik, kvant mexanika asoschilaridan biri. Vena untini tugatgan (1910). Vena va Yen untlarida ishlagan. Shtuttgart Oliy texnika maktabi va Breslau (1920— 21), Syurix (192127), Berlin (192733), Oksford (193336), Gras (193638) untlari prof. Dublin oliy tadqiqot instituti direktori (1941—55), Vena unti prof. (1956-yildan). Asosiy ilmiy ishlari statistik fizika, kvant nazariya, kvant mexanika, umumiy nisbiylik nazariyasi va biofizikaga oid. Toʻlqin mexanikani ishlab chiqqan (1926). Norelyativistik kvant mexanikaning asosiy tenglamasi (Shryodinger tenglamasi)ni topgan. Shryodinger toʻlqin mexanika bilan V. Geyzenberg, M. Born va P. Yordanning «matritsaviy mexanikasi» orasida bogʻlanish borligini aniqladi va ularning fizik ayniyligini isbot qildi. Nobel mukofoti laureati (1933; P. Dirak bilan hamkorlikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x