TABRIZ MINIATYURA MAKTABI

TABRIZ MINIATYURA MAKTABI — oʻrta asrlarda Tabrizda shakllangan tasviriy sanʼatdagi uslubiy yoʻnalish. Ilk namunalari 13-a. oxiri — 14-a. larga mansub. Eng rivojlangan davri 16-a. ning 30—40y. lariga toʻgʻri keladi. Tabriz miniatyura maktabi sanʼatiga dastlabki davrda Sharq va Gʻarb. mamlakatlari, ayniqsa, Xitoy miniatyurasining taʼsiri kuchli boʻlgan. Keyinchalik bu sanʼat anʼanalari ijodiy oʻzlashtirilib, yangi obraz tuzilishi, ranglar gammasiga ega boʻlgan uslub yaratilgan. 14-a. da, ayniqsa, 16-a. da Tabriz kitobat sanʼatinit muhim markaziga aylangan. 15-a. da markaz Hirotga koʻchiriladi, Hirot miniatyura maktabining shakllanishiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. 16-a. da Tabriz safaviylarning markaziga aylangach, tasviriy sanʼat yana kjsaddi. Sulton Muhammad Tabriziy boshchiligidagi mahalliy rassomlarga Kamoliddin Behzodniit bosh qilib tayinlanishi, Hirot miniatyurasi anʼanalari bilan Tabriz miniatyura maktabi anʼanalarining qoʻshilib ketishi yuksak darajadagi kitobat sanʼatini yuzaga keltirdi: badiiy shakl mukammallashdi, koʻp shaklli murakkab kompozitsiyalar yuzaga keldi, asarlar epik xarakterga ega boʻldi, tasvirda meʼmoriy manzara keng oʻrin egalladi, yangi serhasham bezaklari, nafis ritmi va yorqin boʻyoqlar tuzilishi oʻz navbatida miniatyuraning taʼsirchanligi va jozibasini oshirdi. Anʼanaviy ishqiy, mifologik mavzular oʻrnini saroy hayotini aks etgirishga intilish egalladi, mavzu doirasining kengayishi bilan rasmlarda demokratik ohanglar, xalq va uning urfodatlari, real kundalik hayoti va tabiat manzaralari ham oʻz aksini topdi, alohida varaklarda asarlar yaratildi, dabdabali portret yuzaga keldi. Sulton Muhammad, Ogʻa Mirak, Krsim Ali, Mir Sayd Ali va boshqalar Tabriz miniatyura maktabining yirik vakillaridir. Tabriz miniatyura maktabi namoyandalari «Shohnoma» (1524, SanktPeterburg), Nizomiyning «Xamsa»si (15-a. oxiri — 16-a., Istanbuldagi Toʻpqopu saroyida), Rashiduddinning «Jomiʼ attavorix» (1528—29, Rossiya milliy kutubxonasida) va b. qoʻlyozma kitoblarni badiiy bezagan. Tabriz miniatyura maktabi oʻrnini Isfahon miniatyura maktabi egalladi. Biroq Tabriz miniatyura maktabi Eron, Turkiya, Hindiston miniatyura sanʼatiga yana koʻp yillar davomida taʼsir koʻrsatgan.

Elmira Ismoilova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x