SAHOBALAR

SAHOBALAR (arab. — hamroh, doʻst) — Muhammad (sav)ning safdoshlari, yaqin yordamchilari. Keyinchalik Muhammad (sav)ni loaqal bir marotaba, garchi goʻdaklik chogʻida boʻlsa ham koʻrgan barcha kishilar Sahobalar deb atala boshlagan. S. Arabistondan tashqaridagi oʻlkalarni fath etishga kirishgan ilk musulmon qoʻshinining oʻzagini tashkil etgan. Sahobalarning oliy qatlamini muhojirlar va ansorlar tashkil qilgan, ular dastlabki xalifalarni saylashga taʼsir koʻrsatganlar, ularni noiblik va oliy darajadagi lashkarboshilik mansablariga tayinlashgan. Sahobalarning islom tarixidagi alohida ahamiyati shundaki, Muhammad (sav) vafot etganidan soʻng, uning taʼlimotini hammalari bir boʻlib sakladilar. Sahobalarning Paygʻambar soʻzlari va ishlari haqidagi hikoyalari (hadislar), shuningdek, shaxsiy oʻrnagi va fikri islom axloqiy taʼlimoti — sunnaning eng muhim tarkibiy qismini tashkil etdi. Sahobalarga boʻlgan hurmat, ehtirom keyinchalik ularning qabrlarini eʼzozlashga va fazilatlari haqida asarlar paydo boʻlishiga olib keldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x