SUVNING RADIOAKTIVLIGI

SUVNING RADIOAKTIVLIGI — yer osti, buloq, daryo, koʻl va dengiz suvlarida barcha maʼlum radioaktiv moddalarning mavjudligi. Tarkibida uran, radiy va radon bulgan suvlar amaliy ahamiyatga ega. Bu moddalar suvga atmosferadan va tuproq hamda togʻ jinslaridan yuvilib kelib qoʻshiladi. Togʻ jinslari tarkibida radioaktiv elementlar (uran, toriy, radiy va b.) bulgan minerallar, shuningdek, izotoplari radioaktiv kimyoviy elementlar (prometiy, poloniy va b.) bor. Suvda tabiiy radioaktiv izotoplar bilan birga yadro portlashi natijasida vujudga keladigan sunʼiy izotoplar ham mavjud. Tabiiy radioaktiv moddalar miqdori kelib chikishiga qarab koʻp darajada farq kiladi. Sunʼiy radioaktiv moddalar suv havzalariga atmosfera yogʻinlari va yadro yoqilgʻisi ishlab chiqarish. korxonalaridan chiquvchi oqova suvlar sifatida kelib kushiladi. Radioaktivli suvlardan uran konlarini izlab topishda, seysmologiyada (suvda Rn konsentratsiyasining uzgarishi yer qimirlashidan darak beradi), balneologiyada — asab kasalliklari, yurakqon tomir sistemasi, nafas organlari, bugim va b. kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Oʻzbekistonda radonli mineral suvlarning katta koni Samarqand viloyatida «Nagornoye» t. y. stansiyasi yaqinida topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x