SUVHILOL

SUVHILOL (Bolboschoenus Palla.) — hiloldoshlarga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi, tuganak ildizpoyali begona oʻt. Oʻzbekistonda dengiz boʻyi Si (V. martinucus) va yassipoya Suvhilol (V. planiculmis) oʻsadi. Poyasi tik, boʻyi 50—100 sm. Barglari keng tasmasimon. Gullari toʻq jigarrang, bandsiz yoki kalta bandli, murakkab soyabonsimon toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi uch qirrali yongʻoqcha. May—okt. da gullaydi va mevalaydi. Yirik tuganakli ildizpoyasi yer bagʻirlab oʻsadi. Tuganaklari, ildizpoyasi, urugʻidan koʻpayadi. Urug nihollari hamda tuganakli poyalari apr. —iyunda koʻkaradi. Oʻrta Osiyoda sholiga katta zarar keltiradi. Beda, sugʻoriladigan don ekinlari orasida, botqoqliklarda ham uchraydi. Asosan, sugʻorish shoxobchalari boʻylarida usadi.

Kurash choralari: agrotexnika hamda kimyoviy tadbirlarni uygʻunliqda qoʻllash, ekinzorlarga gerbitsidlar purkash, tuganak hosil boʻlish davrida reglon (1—3 kg/ga) bilan dorilash.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x