SUVBURGUTLAR

SUVBURGUTLAR (Haliaeetus) qarchigʻaylar oilasiga mansub yirtqich qushlar urugʻi. 8 turi bor. Uz. 60—110 sm, vazni 2—3 kg dan 6—9 kg gacha. Oʻzbekistonda oq dumli suvburgut va uzun dumli suvburgut (bahor, kuz va qishda) uchraydi. Pati, asosan, jigarrang tusda. Suvburgutlar yer yuzida keng tarqalgan. Daryo, dengiz va koʻl qirgʻokdarida yashaydi. Qoya va daraxtlarga uya quradi. Uyadan 30—50 va undan koʻp yil foydalanadi. 1—3 ta tuxum qoʻyadi. Uni 35—40 kun bosadi. Bolalari 65—75 kunligida uyasidan uchib chiqadi. Asosan, baliqlar, suv va suv boʻyida yashovchi kushlar bilan oziqlanadi. Uzun dumli Suvburgutlar va oq dumli Suvburgutlar Tabiatni muhofaza qilish xalqaro itti I foki roʻyxati I ga, «Yoʻq boʻlib I ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisida»gi Konvensiyaning (CITES) II Ilovasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x