SUV CHOʻCHQACHASI

SUV CHOʻCHQACHASI, kapibar (Hydrochoerus) — suv choʻchqalari oilasiga mansub kemiruvchi hayvon. Oilaning yagona vakili. Gavdasining uz. 100—130 sm, ogʻirligi 60 kg va koʻproq (hoz. yashayotgan kemiruvchilarning eng yirigi). Tanasi och qoʻngʻir tusli siyrak dagʻal jun bilan qoplangan. Oyoklari uzun, barmoklarida tuyoqsimon tirnoqlari bor. Dumsiz. Yaxshi suzadi va shoʻngʻiydi. Yilda bir marta 5—6 bola tugʻadi. Markaziy va Jan. Amerikaning tropik oʻrmonlaridagi koʻl va daryolar qirgʻogʻida hamda botqokliklarida oila yoki kichik tuda boʻlib yashaydi. Oʻsimliklar bilan oziklanadi. Baʼzan ekinlarni yeb, zarar keltiradi. Goʻshti va terisi uchun ovlanadi. Qoʻlga tez oʻrganadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x