TOʻLAGANOV Gʻani Olimovich

TOʻLAGANOV Gʻani Olimovich (1935.29.5, Toshkent) — dirijyor, sozanda. Oʻzbekistonda (1984), Qoraqalpogʻistonda (1987) xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Toshkent konservatoriyasini qashqar rubobi ijrochiligi (1959) va operasimfonik dirijyorligi (1964) ixtisosliklari boʻyicha tugatgan. «Shodlik» ansamblida sozanda (1951—59), Oʻzbekiston konservatoriyasida oʻqituvchi (1959-y. dan), prof. (1999-y. dan). Samarkand opera va balet teatrida bosh dirijyor va badiiy rahbar (1964—70). Navoiy teatrida dirijyor (1976—92), Oʻzbek davlat filarmoniyasi direktori va badiiy rahbari (1979—84), Oʻzbekiston konservatoriyasi qoshidagi musiqali teatr studiyasi direktori (1996—2003). Dirijyor sifatida bir necha opera va balet spektakllarini, birinchi boʻlib oʻzbek kompozitorlari asarlarini (S. Boboyevning «Yoriltosh» va «Fidoiylar», U. Musayevning «Mangulik», N. Zokirovning «Raqiblar», Ham. Rahimovning «Zafar», Ik. Akbarovning «Sugʻd elining qoploni», M. Burhonovning «Alisher Navoiy» operalari, U. Musayevning «Afsonalar vodiysi» baleti) sahnalashtirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x