MOSKVA BADIIY AKADEMIK TEATRI

MOSKVA BADIIY AKADEMIK TEATRI (MXAT), M. Gorkiy nomidagi Moskva badiiy akademik teatri — 1898-y. K. S. Stanislavskiy va Vl. I. Nemirovich-Danchenko tomonidan tashkil etilgan. 1901-y. ga qadar Moskva Badiiyhammabop teatr deb yuritilgan, 1932-y. dan Moskva badiiy akademik teatri Gorkiy nomida. Teatr repertuari, aktyorlik sanʼati, rejissurada isloh amalga oshirildi. A. Chexov («Chayka» va b.) va M. Gorkiy («Tubanlikda» va b.)larning pyesalarini sahnalashtirish teatrning ijodiy yoʻnalishini belgilab berdi. Keyinchalik Moskva badiiy akademik teatri Bulgakov («Turbinlar kuni» va b.), Vs. IvanovBronepoyezd 14—69») pyesalari ham qoʻyildi. A. N. Ostrovskiyning «Qaynoq qalb», L. Tolstoyning «Yak-shanba», «Anna Karenina» kabi mumtoz asarlarining qoʻyilishida ijtimoiy chuqur tahlilga erishildi.

M. F. Andreyeva, A. R. Artyom, O. L. Knipper-Chexova, M. P. Lilina, V. E. Meyerxold, I. M. Moskvinlar teatrning birinchi aktyorlari. 1987-y. dan teatr ikkiga boʻlingan: O. Tabakov rahbarligidagi 1989-y. dan Chexov nomida, T. V. Doronina rahbarligidagi M. Gorkiy nomida. «Olchazor» (A. Chexov), «Makbet» (U. Shekspir) va b. soʻnggi yillar spektakllaridir. L. Gubanov, G. Kalinovskaya, V. Rassvetayev, K. Rostovseva, G. Shevsov yetakchi aktyorlardir. «Moskva xori» (L. Petrushevskaya), «Kutilgan uchrashuv» (P. Bars), «Uch opasingillar» (A. Chexov) kabi spektakllar A. Chexov nomidagi teatrda sahnalashtirilgan. Aktyorlari: I. Smoktunovskiy, S. Pilyavskaya, I. Miroshnichenko, A. Kalyagin, V. Nevinniy, I. Savvina va b. Oʻzbekistonning koʻpgina aktyor va rej. lari MXATda oʻz malakalarini oshirib kelganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x