SULTONOV

SULTONOV Joʻraxon (1903.29.1 Margʻilon — 1965.19.10) — xonanda, bastakor, Oʻzbekiston xalq hofizi (1939). Keng diapazonli, kuchli, yumshoq xirildoq va dardli ovoz sohibi. Xonandalik saboklarini ilk bor otasidan olgan, keyinchalik Madali xrfizdan yalla yoʻllarini, Boltaboy Rajabov, Mamatbuva Sattorovlardan katta ashula, Sodirxon hofiz, Mulla Toʻychi hofizlardan maqom yoʻllarini oʻzlashtirgan. Dastlab xalq toʻysayillari, choyxonalarda xizmat qilgan. 1926-y. dan M. Qoriyoqubov rahbarligidagi Oʻzbek davlat konsertetnofafik truppasiga katnashgan. Margʻilon (1928—32) va Toshkent (1932—36 va 1940—58) teatrlarida, Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1936—39), Oʻzbekiston radioqoʻmitasi (1950—58) da yakkaxon xonanda. Mukimiy teatrida Parfi hofiz («Tohir va Zuhra»), Norqoʻzi («Nurxon») kabi rollarni ham ijro etgan.

S xalq orasida «katta ashula piri» nomini olgan, shuningdek, yallalar ustasi, askiyachi sifatida ham tanilgan. Shogirdi M. Uzoqov bilan 25 yildan optik, hamnafaslik qilib, oʻziga xos talqin yoʻlini yaratgan. Repertuaridan «Ushshoq» va «Sodirxon Ushshogʻi», «Dugoh Husayn», «Besh parda Suvora» va «Savti Suvora», «Hanuz», «Chor zarb», «Chaman yalla» kabi mumtoz ashula va yallalar, «Bogʻ aro», «Shafoat», «Xayrul bashar», «Otga mindim» va b. katta ashulalar urin olgan. U oʻzbek xalq kuy va usullari asosida bir qancha ashulalar ijod qilgan. «Naylayin», «Oʻlmasun» (Navoiy), «Keling, ey ahboblar» (Furqat), «Bir qadah» (Chustiy), «Mubtaloman» (S. Abdulla), «Ming qadam» (Habibiy), «Bir kelsin», «Ey dilbari jononim», «Ohkim» kabi katta ashulalarni cholgʻu joʻrligida ijro etib yangi uslub yaratgan. Sultonov ijrolari Oʻzbekiston radiosi va Sanʼatshunoslik in-ti fonojamgarmalarida saqlanmoqda, bir necha grammplastinka, audiokasseta va kompakt disklarga yozilgan. Vafotidan soʻng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000). 1997-y. dan Margʻilonda Sultonov va M. Uzoqovlar nomidagi Respublika xonandalar tanlovi oʻtkazilmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x