SULTON MUHAMMAD XANDON

SULTON MUHAMMAD XANDON (15—16-a. 2-yarmi, gʻirot) — xattot, shoir, nastaʼliq xati ustasi. Sultonali Mashhadiynnng shogirdi, xushtabiat, xushchaqchaqlikka moyil boʻlgani uchun «xandon» laqabini olgan. Ijodini Navoiyning shaxsiy kutubxonasida boshlagan. Sulton Muhammad Xandon koʻchirgan qoʻlyozma kitoblarga baʼzan otini yozmagan. Xondamir xattotni «nastaʼliq xatida isteʼdodi juda zoʻr», deb baholagan. Koʻplab shogirdlar tayyorlagan. Sulton Muhammad Xandon koʻchirgan Saʼdiyning «Boʻston» asari (1514, Jaʼfar Sulton Alqaroyi majmuasida), Hofizning «Devon»i (1519, Kobuldagi Davlat muzeyida va yana bir nusxasi 1515, Britaniya muzeyida), Xusrav Dehlaviyning «Devon»i (1497, Oʻzbekiston FA SHI da) va «Qiron ussadayin» asari (1515, Britaniya muzeyida), Jomiyning «Yusuf va Zulayho» (Texrondagi Milliy kutubxonada va bir nusxasi shaxsiy majmuada), «Subxat ulabror» (1523, Texrondagi Jaʼfar Sulton Alqaroyi majmuasida), Navoiyning «Devon»i (1528, Rossiya milliy kutubxonasida) va b. qoʻlyozmalar, koʻplab qitalari bizgacha yetib kelgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x