SULFATLANISH

SULFATLANISHakkumulyatorlar batareyasi qoʻrgʻoshin plastinalarida yaxlit sulfat massasi hosil boʻlishi. Sulfatlanish salbiy jarayon boʻlib, akkumulyatorni zaryadlash paytida uning toʻliq tiklanishiga xalaqit beradi. Sulfatlanishga sabab shuki, zaryadlash paytida musbat va manfiy plastinalar (RYO2 va R) qisman qoʻrgʻoshin sulfat (PbSO4) ga aylanadi, oqibatda plastinalar faol massasining 50—70 foizini qoʻrgʻoshin sulfat egallab oladi. Akkumulyatorlarni muntazam ravishda zarur kuchlanish (1,8 V) dan past kuchlanishda zaryadlash; elektrolit sathining pastligi va elektrolitning ifloslanishi ham Sulfatlanishga sabab boʻladi. Sulfatlanishni bartaraf kilish uchun elektrolitni almashtirib, akkumulyatorni 2—3-marta qayta zaryadlash kerak.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x