SHAHARLARARO TELEFON ALOQA

SHAHARLARARO TELEFON ALOQA — ogʻzaki axborotni bir shahardan ikkinchi shaharga uzatish va qabul qilish. Sim orqali uzatiladigan yoki radiosignallar orqali tarqatiladigan elektr signallari bilan amalga oshiriladi. Turli shaharlardagi abonentlar orasida soʻzlashishni taʼminlaydi. Shaharlararo telefon aloqa telefon styasidan qoʻlda, yarim avtomatik va avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Qoʻlda ulashni telefon kommutatori bilan jihozlangan styalardagi telefonistlar amalga oshiradi (hozir kamdankam qoʻllanadi). Yarim avtomatik ulashda aloqa shaharlararo avtomatik telefon styalarda telefonist qatnashgan hodda amalga oshiriladi. Telefonistning ish joyida nomer tergich boʻlib, buyurtma qabul qilinganidan soʻng chaqiriladigan abonentning nomerini teradi, keyin abonentlarni ulash avtomatik amalga oshadi. Avtomatik ulashda abonent oʻz telefon apparatida boshqa shaharning kodini va abonent nomerini terib, u bilan toʻgʻridantoʻgʻri aloqa bogʻlaydi. Shaharlararo telefon aloqa shaharlararo avtomat telefon styalari (SHATS), avtomat kommutatsiya uzellari (AKU), ularni oʻzaro biriktiruvchi aloqa liniyalari majmuidan iborat. AKU shaharlararo kanallarni toʻgʻridantoʻgʻri (tranzit tarzda) ulaydi (yana q. Telefon aloqa, Telefon stansiyasi, Telefon tarmoqlari).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x