STRAVINSKIY Igor Fyodorovich

STRAVINSKIY Igor Fyodorovich [1882.5 (17).6, hoz. Lomonosov — 1971.6.4, NyuYork, Venetsiyada dafn etilgan] — rus kompozitori, pianinochi va dirijyor. Atoqli xonanda Fyodor Stravinskiy (1843—1902)ning oʻgʻli. 20a. musiqasining islohotchilaridan. Peterburg un-ti (1900—05)da va musiqadan N. RimskiyKorsakov (1903—05)da tahsil koʻrgan. 1914-y. dan Yevropa, 1939-y. dan AQSHda yashagan. Deyarli 65 yillik ijodiy faoliyati davomida rus musiqasi anʼanalariga tayangan. Shuningdek, musiqiy impressionizm («Qaqnus» baleti), moziy rus folklori («Petrushka», «Muqaddas bahor» baletlari), neoklassitsizm («Pulchinella» baleti, «Shoh Edip» operaoratoriyasi va b.), jaz musiqasi («Regtaym», «Obnus konserti»), diniy musiqa («Psalmlar simfoniyasi», «Trenlar», «Rekviyem», «Motam kanonlari»), dodekafoniya («Dilan Tomas xotirasiga», «Agon», «Jon Kennedi elegiyasi» va b.) kabi uslublarga oʻziga xos tarzda murojaat kilgan. Stravinskiy asarlari boy fantaziyasi, kuylari, ritmikasi, orkestrlash usullarining originalligi, shaklan rang-barangligi bilan qimmatlidir. Stravinskiyning ijodiy merosi va konsert faoliyati zamonaviy musiqa rivojiga katta taʼsir koʻrsatmoqda. Stravinskiy 20 a. da «Hyp — Sharqdandir!» degan daʼvatni takrorlab, Sharq mavzulariga murojaat etgan. Oʻzbekistonda uning qator kamercholgʻu va simfonik (2 simfoniyasi — premyera tarzida) asarlari, balet musiqasi muntazam ijro etilmoqda.

Toʻxtasin Gʻafurbekov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x