KASBGA ALOQADOR ZARARLAR

KASBGA ALOQADOR ZARARLAR, ishlab chiqarish zararlari — odamning salomatligi va mehnat qobiliyatiga bevosita va bilvosita salbiy taʼsir koʻrsatadigan mehnat jarayoni va i. ch. omillari. Kasbga aloqador zararlar maʼlum sharoitlarda kasb kasalliklarini paydo qilishi va umumiy kasalliklarni zoʻraytirib yuborishi mumkin. Kasbga aloqador zararlar yangi texnologiyaning, baʼzan toksik va organizmning sezuvchanligini oʻzgartiradigan allergik xossaga ega moddalarning qoʻllanilishi, shuningdek, xom ashyolarning yangi turini sanitariya-gigiyenik jihatdan yaxshi bilmaslik hamda texnik vositalarning maʼlum darajada takomillashmaganligi yoki texnologik rejimning va sanitariyatexnologiya normativlarining buzilishi natijasi boʻlishi mumkin.

I. ch. texnologiyasi va jihozlarining nomukammalligiga bogʻliq Kasbga aloqador zararlarga chang, shovkin, vibratsiya, t-raning yuqori yoki pastligi, yorugʻlikning yetishmasligi, havo nisbiy namligining yuqoriligi, atmosfera bosimining yuqori yoki pastligi, zaharli va radioaktiv moddalar, q. x. da ishlatiladigan pestitsidlar, plastmassalar i. ch. da qoʻllaniladigan reaktorlar, monomerlar, ionlashtiruvchi va ultrabinafsha nurlar, elektromagnit toʻlqini, mikroorganizmlar va b. kiradi. Kasbga aloqador zararlar mehnat jarayoniga, uning tashkil qilinishiga, mehnatning ogʻirligi va davomligiga, biror aʼzoning yoki sistemasining haddan ortiq toliqishiga, transport harakati va konveyerda hadeb bir xildagi ishni bajarish tufayli koʻz va quloqqa zoʻr kelishiga, oʻtirib yoki turib ishlaydigan odamlarning uzoq vaqt davomida bir xil vaziyatda turishiga bogʻliq boʻlishi mumkin.

Kasbga aloqador zararlar mehnat qobiliyatining pasayishiga, oʻtkir va surunkali zaharlanishniit avj olishiga, umumiy kasalliklarning koʻpayishiga, uzoq muddat oʻtgandan keyin paydo boʻladigan yomon asoratlarga sabab boʻlishi mumkin. Kasbga aloqador zararlar organizmga teri, ogʻiz, meʼda-ichak yoʻllari, shilliq qavatlar, eshitish aʼzolari, nafas orqali, shuningdek, nur holida taʼsir etishi mumkin. Avtomatizatsiya va mexanizatsiya sohasida erishilgan ilmiy texnika yutuqlarining hayotga tatbiq qilinishi i. ch. da Kasbga aloqador zararlarni bartaraf etish yoki xavfsiz darajada kamaytirish imkonini beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x