STANISLAVSKIY SISTEMASI

STANISLAVSKIY SISTEMASIteatr sanʼatining K. S. Stanislavskiy tomonidan ishlab chiqilgan sahna nazariyasi va uslubining nomi. Stanislavskiy sistemasi rus va jahon teatri ilgʻor anʼanalari hamda Moskva badiiy akademik teatri (MXAT) amaliy faoliyati asosida, Stanislavskiyning ijodiy va pedagogik tajribasi mahsuli sifatida yuzaga kelgan. Seda 1-martaijodiy jarayonni ongli oʻzlashtirish muammosi hal qilinadi, aktyorning obrazga uzviy kirish yoʻli tekshiriladi. Teatr sanʼatida realistik yoʻnalishning nazariy asosi boʻlib, bu yoʻnalish «kechinma sanʼati» deb ataladi. Stanislavskiy sistemasi sahnada hissiyotni tashqi tomonidan koʻrsatib, aktyor ijrochiligini kasb (hunar) ga, qolipga aylantiruvchi, aktyor ijodiga ilhomning oʻzi yetarli deb qarovchi sanʼatga qarshi qaratilgan. Sahna xattiharakati xususidagi taʼlimoti Stanislavskiy sistemasining asosini tashkil qiladi. Stanislavskiy diqqatini asosiy masalateatrda aktyorning tabiiy, ijodiy kayfiyati va sahnaviy obraz yaratish masalasiga qaratib, oʻz sistemasini 2 kiyemga: aktyorning oʻz ustida gʻamda rol ustida ichki va tashqi tomonidan ishlashiga ajratadi. Stanislavskiy sistemasi aktyor oldiga kagor vazifalar qoʻyadi. Ana shu vazifalar orasida eng muhimi aktyorning pyesa mazmunini toʻliq tushunishi, tavsiya etilgan muhitda oʻzini unga mos va uygʻun xis eta bilishidir. Mazkur tamoyilni amalga oshirish maqsadida K. S. Stanislavskiy «jismoniy harakat metodi», «qalb koʻzi bilan koʻra bilish», «harakat tahlili» va «oliy maqsad» qoidalarini ishlab chiqdi. Aktyor oʻz oldiga «oliy maqsad», yaʼni aniq goyaviyijodiy niyat qoʻysagina, uning ijodi badiiy yetuk va taʼsirli boʻladi.

Oʻzbek professional teatri 20-a. ning 30y. laridan eʼtiboran Stanislavskiy sistemasiga amal qilib keladi. M. Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat in-tida aktyor va rej. larni tayyorlashda Stanislavskiy sistemasi qoʻllanib kelinadi.

Muhsin Qodirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x