RISORJIMENTO

RISORJIMENTO (ital. Risorgimento, aynan — uygʻonish) — italyan xalqining chet el hukmronligiga qarshi va parchalangan Italiyani birlashtirishga qaratilgan milliy ozodlik harakati. Shuningdek, ushbu harakat sodir boʻlgan davr: 18-a. oxiri — 1861-y. ; R. 1870-y. Italiya qirolligiga Rimni qoʻshib olinishi bilan yakunlangan. Risorjimentoning eng muhim voqealari — 1848—49, 1859—60 y. lardagi inqilob; R. ga rahbarlik qilish uchun respublikachi demokratlar (yetakchilari J. Madzini, J. Garibaldi va b.) va liberallar (yetakchilari K. Kavur va b.) oqimlari oʻzaro kurashganlar. Liberal oqim ustun kelib Italiya konstitutsion monarxiya shaklida birlashtirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x