SOQA

SOQA (arab.) —1) harbiy yurish yoki xarbiy amaliyotlar chogʻida asosiy kuchlar ortidan soqchilik qilib boruvchi, zarur vaqtlarda madadga keluvchi maxsus suvoriy qism. Chingizxon, Amir Temur, Bobur, oʻzbek xonlari qoʻshinlarida mavjud boʻlgan va u askar, moʻgʻulcha chagʻdovul atamasi bilan ifodalangan (q. Aryergard); 2) jang paytida turli tashqi zarbalar, xususan, gʻanimning oʻq, qilich, nayza singari qurollari zaxmidan saqlanish maqsadida tizza va tirsaklarga kiyiladigan metall qalqoncha. Tizza Soqasi, shuningdek, tizlik deb ham nomlangan; 3) Xorazm va Qoraqalpogʻistonda kanal boshi maʼnosida ishlatiladigan atama. «Sagʻa» shaklida talaffuz qilingan. Tarixiy manbalarda koʻp uchraydi. Joy nomlari tarkibiga kirgan (mas, Toshsoqa kanali).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x