OB-HAVO XARITALARI

OB-HAVO XARITALARI — meteorologik va aerologik st-yalardan olingan maʼlumotlar (sonlar va shartli belgilar) ni geografik xaritalarga koʻchirib tuziladigan sinoptik va aerologik xaritalar. Yer yarim shari, butun Yer yuzasi uchun, shuningdek, kichik r-nlar uchun tuzilishi mumkin. O.-h. x. ob-havo byurolarida kuniga bir necha marta tu-zilib, odatda, kuzatishdan olingan maʼlumotlar asosida EHM lar va max-sus moslamalar yordamida tayyorlanadi. O.-h. x. da konik, merkator, stereografik proyeksiyalardan foydalaniladi. Ularda quruqlik, dengiz va b. orografiyalarning muhim xususiyatlari beriladi. O.-h. x. kompleks, aerologik, yordamchi xaritalarga boʻlinadi. Ular ob-havo xizmatida muttasil, talabga qarab har 3, 6, 12 soatlar orasida tuziladi. Bu xaritalarni tahlil qilib, boʻlib oʻtgan, hukm surayotgan va boʻlajak ob-xavo anikdanadi. Meteoro-logik maʼlumotlar asosida tuzilgan xaritalar Yer yaqini sinoptik O.-h. x. lari, aerologik kuzatish natijalari tu-shirilgan xaritalar barik topografiya yoki aerologik xaritalar deyiladi. Kompleks xarita sinoptik xarita boʻlib, unda dengiz yuzasiga moslashtirilgan qavo bosimi, t-rasi va namligi, uzoqni koʻrish masofasi, har xil bulutlar, yogʻin turlari, atmosfera hodisalari va h. k. ifodalanadi. Kompleks xaritalardan ob-havoni va atmosfera sinoptik holatini tahlil qilishda foydalaniladi. Aerologik xaritalar atomosfe-raning maʼlum balandliklari uchun tuziladi. Bu xaritalarda shamol tezligi va yoʻnalishi, t-ra, namlik va h. k. bel-gilanadi. Aerologik xaritalar, asosan, aviatsiya xizmatida katta ahamiyatga ega. Yordamchi, kompleks, sinoptik xaritalarga qoʻshimcha qilib, ayrim meteo-rologik elementlar (mas, tumanlar, chang boʻronlar, yashin va chaqmoqlar, yaxmalaklar, kuchli yogʻinlar, eng yuqori va eng past t-ralar, tropopauza balandligi va b. asosida) tuziladi. Kichik r-nlar uchun tuziladigan O.-h. x. mahalliy axamiyatga ega boʻlgan koʻp sonli me-teorologik st-yalar maʼlumotlaridan foydalanib tuziladi. Aviatsiya xizma-ti uchun moʻljallangan O.-h. x. maʼlum r-n uchun uni halqa koʻrinishida oʻrab olgan zich meteorologiya st-yalari maʼlumotlari asosida tuzilgan ob-havo xaritasi asosida qisqa vaqt oraligʻi uchun tuziladi. Aviameteorologiya markazlarida muntazam ravishda maxsus prognoz xaritalari tayyorlanadi.

Tohir Muxtorov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x