SOLOMON OROLLARI

SOLOMON OROLLARI (Solomon Islands) — Tinch okeanning jan. gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Solomon o. larining jan. sharqiy qismini va yaqin atrofdagi SantaKrus va b. orollarni oʻz ichiga oladi. Mayd. 28,45 ming km2. Aholisi 495 ming kishi (2002). Poytaxti — Xoniara sh. Maʼmuriy jihatdan 4 okrugga bulinadi.

Davlat tuzumi. Solomon Orollari — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi mustaqil davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1978-y. 7-iyulda qabul qilingan. Davlat boshligʻi Buyuk Britaniya qirolichasi boʻlib, uning nomidan general-gubernator ish yuritadi, u mamlakat parlamentining tavsiyasi bilan 5 y. muddatga SO. fukarolari orasidan tayinlanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy parlament, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati. Solomon Orollarining aksari qismi vulkan otilishi natijasida hosil boʻlgan. Eng baland joyi 2743 m (Bugenvil o. da). Soʻnmagan vulkanlar, issiq buloqlar bor. Boksit, nikel, fosforit, oltin, mis konlari topilgan. Iklimi subekvatorial, juda sernam. Oʻrtacha oylik tra 26—28°. Yillik yogʻin 2300—7500 mm. Daryolari kiska va sersuv. Orollarning koʻp qismi doim yashil oʻrmon bilan qoplangan (palma, fikus va b.). Qurgʻoqchil joylarda savannalar, soxillarda manfolar oʻsadi. Hayvonlardan kalamush, koʻrshapalak, timsoh, kaltakesak, ilon, bahaybat qurbaqalar, qushlardan kabutar, toʻtiqush va b. yashaydi.

Aholisining koʻpchiligi (93%) melaneziya irqiga mansub boʻlgan, avstronez va papuas tillarida soʻzlashuvchi xalqlardan iborat, qolganlari polineziyaliklar. Ular yirik orollar sohili boʻyidagi kichik qishloqlarda yashaydi. Shahar aholisi 18%. Rasmiy tilingliz tili. Dindorlarning aksariyati xristianlar.

Tarixi. Solomon Orollariga kariyb 6 ming yil avval Papua-Yangi Gvineyadan qabilalar koʻchib borib oʻrnashgan. 1568-y. ispan dengiz sayyohi A. Mendanya de Neyra mahalliy aholidan oltinni almashtirib olganida orollarni «Solomonning oltin mamlakati»ga qiyos qilgan va orollarni shu nom bilan atash odat boʻlib qolgan. 1885-y. orollar Germaniyaga tobe boʻlib qoldi, 1893-y. orollarning deyarli hammasi Buyuk Britaniyaga topshirildi. 1-jahon urushidan keyin Bugenvil va Buka o. larini boshqarish uchun Avstraliyaga mandat berildi, jan. orollar ingliz protektorata boʻlib qolaverdi. 2-jahon urushi vaqtida orollarda Yaponiya va Amerika qoʻshinlari oʻrtasida janglar boʻlib oʻtdi. Urushdan keyin milliy mustaqillik uchun harakat kuchaydi. 1976-y. mamlakatga ichki oʻzini oʻzi boshqarish huquqi berildi, 1978-y. orollar mustaqillikka erishdi. SO. 1978-y. dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 7 iyul — MustaqilliX kuni (1978).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. SO. leyboristlar partiyasi, 1988-y. tuzilgan; SO. liberal partiyasi, 1976-y. asos solingan; Xalq ittifoqchi partiyasi, 1979-y. tashkil etilgan; SO. milliy harakati partiyasi, 1993-y. tuzilgan; Taraqqiyparvar xalq partiyasi. SO. kasaba uyushmalari kengashi, 1986-y. tuzilgan.

Xoʻjaligi. Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi. tashkil etadi, aholining aksariyati shu sohada band. Tropik dehqonchilik ustun. Koʻp mikdorda kokos palmasi oʻstiriladi, uning mevasidan kopra (magʻiz) va kokos moyi olinadi. Kakao, ziravorlar, banan, ananas, sholi, yams, taro, yer yongʻoq, tamaki va b. yetishtiriladi. Choʻchqa, kramol, parranda boqiladi. Oʻrmonlarda qimmatbaho nav yogʻoch tayyorlanadi. Baliq ovlash rivojlangan. Sanoati kichikroq yogʻochsozlik, mebel, oziqovqat (yogʻ, konserva, tamaki), jut, koʻnchilik korxonalaridan iborat. Asbest, sovun, sintetik gazlama ishlab chiqariladi. Yogʻoch oʻymakorligi, boʻyra, savat toʻqish, qayiq, sadaf buyumlar yasash hunarmandchiligi mavjud. Keyingi yillarda sayyoxdik rivojlanmoqda. Yuklarning koʻp qismi dengiz orqali tashiladi. Avtomobil yoʻllari uz. 1330 km. Asosiy dengiz porti va xalqaro aerogyurti — Xoniara. Chetga kokos magʻizi, palma moyi, yogʻoch, kakao, muzlatilgan baliq chiqaradi. Chetdan oziqovqat, yoqilgʻi, mashina, kimyoviy mol va b. oladi. Avstraliya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Buyuk Britaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi — SO. dollari.

7 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalarning taʼlim olishi majburiy. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 7 yil, oʻrta maktabda 5 yil. Darslar ingliz tilida olib boriladi. Davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy diniy maktablar ham bor. Xoniara sh. da un-t markazi (1970), ped. kolleji (1958), texnika in-ti (1969) mavjud. Xoniara sh. da Milliy kutubxona (1974), Milliy muzey, Botanika bogʻi va Madaniy markaz faoliyat koʻrsatadi.

Mahalliy tilda «Agrikalsa nius», «Solomon nius» jurnalilari, ingliz tilida «Solomon voys», «Solomon star» haftanomalari nashr etiladi. 1976-y. da SO. radioeshittirish xizmati tashkil etilgan. 1996-y. dan telekoʻrsatuvlar berib boriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x