SIYDIK

SIYDIK, peshob — odam va umurtqali hayvonlar moddalar almashinuvi mahsuloti (ekskret); buyraklarda ishlanib siydik yoʻllari orqali chiqarib yuboriladigan suyukdik. Organizmdan Siydik b-n birga suv, tuzlar va b. chiqindilar, shuningdek, organizmga kirgan yoki uning oʻzida hosil boʻlgan turli zaharli moddalar chiqib ketadi. Odamdagi meʼyoriy Siydik tiniq, sargʻish rangda. Siydik ogʻ. 10101025 g/ sm3; r-n=4,88,0 (S. reaksiyasi oqsilga boy ovqat isteʼmol qilinganda kislotali, oʻsimlik ovkatlar yeyilganda bir oz ishkrriydir). Siydik tarkibida 96% suv, 1,5% tuz, 2,5% organik moddalar (mochevina, siydik kislota va b.) bor. S. da ham qon plazmasidagi kabi tuzlar, asosan, NaCl, shuningdek, sulfatlar, fosfatlar va kaliy, magniy, ammoniy karbonatlari uchraydi. Odam normada bir kechakunduzda 1,2—1,6 l cha Siydik ajratadi. Uning miqdori va tarkibi suyuqlikning ichilish tartibi, ovqatning turi, tashqi muhit t-rasi, funksional zoʻriqish va b. omillarga bogʻliq. Siydik fizikkimyoviy xossalarining koʻrsatilgan omillarga bogʻliq boʻlmagan holda oʻzgarishi organizmdagi baʼzi oʻzgarishlardan darak beradi. Mas, toʻq rangli Siydik ajralishi jigar funksiyasining buzilganligini, «goʻsht seli»ga oʻxshash Siydik siydik aʼzolari jiddiy kasallanganligini koʻrsatadi. Siydikda oqsil paydo boʻlishi buyrak va qovuq yalligʻlanganidan, qand boʻlishi esa qandli diabet borligidan dalolat beradi. Shuning uchun Siydikni tekshirish (analiz) koʻpgina kasalliklarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Analiz uchun nahorgi Sdan 100 — 200 ml toza idishga solinib, ogʻzi yaxshilab berkitiladi. Bundan oldin tashqi jinsiy aʼzolarni yuvish lozim (q. Shaxsiy gigiyena).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x