SIKHLAR QOʻZGʻOLONI

SIKHLAR QOʻZGʻOLONIPanjob (Hindiston)dagi dehqonlar va shahar aholisining Boburiylar davyaatidatp amaldorlar va zamindorlar zulmiga qarshi kurashi (17-a. oxiri — 18-a. ning 1choragi). Panjobdagi ogʻir ijtimoiy vaziyat, mulkdorlar tomonidan uni talontoroj etilishi natijasida iqtisodiy tanazzulga yuz tutishi sabab boʻlgan. Dehqonlarning sikhlar jamoasiga kelib qoʻshilishi natijasida (q. Sikhizm) qoʻzgʻolonlar avj oldi. Panjobdagi xukmron doiralarga nisbatan adovatda boʻlgan sikhlar bilan bir necha marta harbiy toʻqnashuvlar roʻy berdi va bu 1687-y. da uzoq davom etgan dehqonlar urushiga olib keldi. 1699-y. sikxlarning gurusi (ustozi) Govind Singh jamoani demokratik harbiy tashkilot (xalsa)ga aylantirdi. 1705-y. Boburiylar qoʻshini sikhlar ustidan gʻalaba qozondi. Govind Singh oʻldirildi (1708), Qoʻzgʻolonga rahbarlik qilishni dehqon Banda oʻz qoʻliga oldi (1710). Bu vaqtga kelib sikhlar armiyasining soni 10 mingga yetdi, u toʻplar va oʻq otar qurollar bilan qurollangan edi. Sharqiy Panjobning katta qismi qoʻzgʻolonchilar qoʻl ostiga oʻtdi. 1710-y. 5 dek. da Bahodirshoh I qoʻshini Banda ustidan gʻalaba qozondi. Lekin, qoʻzgʻolon togʻli r-nlarda yana 5 y. gacha davom etdi. Bandaning qatl etilishi bilan ham qoʻzgʻolon toʻxtamadi.

18-a. ning 30—40 y. larida sikhlar Panjobda hukmron kuch boʻlib qoldi. 1765-y. ular mustaqil davlat tuzdilar. 1849-y. da esa bu davlatni inglizlar bosib olgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x