SIXOTEALIN

SIXOTEALIN — RFning jan sharqidagi togʻli oʻlka. Xabarovsk va Primorye oʻlkalari hududida. Sharqsa Yapon dengizi, gʻarbda Xanka — Ussuri, shim. gʻarb va shim. da Kuyi Amur payettekisliklari oraligida joylashgan. Shim. dan jan. ga 1200 km choʻzilgan, eni 300 km ga yaqin. Oʻrtacha bal. 700 — 1000 m, eng baland joyi — 2078 m. (TardokiYani). Sixotealin birbiriga parallel holda choʻzilgan chuqur darasimon dare vodiylari bilan ajralgan 8 ta tizmadan iborat. Ularning suvayirgʻich qismida yalang qoyalar, shim. qismida qad. muzliklar relyef shaklida (karr, sirk va troglar, morena tepaliklari) saqlanib qolgan. Sharqda dengizga tik tushadi, koʻplab qoʻltiqlar bilan kesilgan. Gʻarbiy kismi qiyaroq. Tektonik jihatdan antiklinoriy, mezozoy va kaynozoy burmalanishi davrida shakllangan. Mezozoy va quyi toʻrtlamchi davrlarida vulkanlar otilgan. Sixotealinning suvayirgʻich qismi paleozoygacha va paleozoy davri, katta qismi mezozoy va kaynozoy davrlari togʻ jinslaridan tuzilgan. Foydali qazilmalardan toshkoʻmir, qalay, oltin, polimetall rudalari, mineral va termal suvlar bor. Musson iqlimiga ega. Igna bargli va aralash oʻrmonlar bilan qoplangan. Eng baland qismida togʻ tundra oʻsimliklari uchraydi. SixoteAlin qoʻriqxonasi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x