Lab bo’yog’idan quyidagicha foydalanish tavsiya etiladi

Lab bo’yog’i tarkibiga kiradigan moy, asosan, lab terisini yumshatadi va uni tashqi ta’sir (quyosh, shamol va hokazo)lardan saqlaydi. Lab bo’yog’i bilan og’izning shaklini va katta-kichikligini bir oz o’zgartirish mumkin. Agar og’iz katta bo’lsa, bo’yoqni og’izning ikki chekkasiga etkazmay, labning o’rta qismiga suriladi; agar og’iz kichik bo’lsa, labning butun sirtiga suriladi; yuqori lab keng bo’lsa, pastki lab quyuq qilib bo’yaladi; lab yupqa bo’lsa, yuqori lab quyuq qilib bo’yaladi. Lablar qalin bo’lsa, bo’yoqni labning tabiiy chizig’iga etkazmay surish kerak. Agar lablar yupqa bo’lsa, labning atrofiga bo’yoqdan chiziq chizib chiqiladi. Bunda avval og’izning atrofiga bo’yoqdan chiziq tortilishi, keyin labning barcha yuzi bo’yalishi tavsiya etiladi.

Lab bo’yog’i turli tusda yog’liligi turlicha qilib chiqariladi. Lab bo’yog’idan quyidagicha foydalanish tavsiya etiladi: lab quruq qilib artiladi, labing atrofiga bo’yoqdan ingichka chiziq chiziq tortiladi; og’izni bir oz ochib, lablarni tashqi chizig’idan ichkarisiga qarab bo’yaladi, keyin otriqcha bo’yoqni yo’qotish uchun ikkala labning orasiga qog’oz qo’yib labni qattiq yumish tavsiya etiladi. Bo’yoqning rangi quyuq bo’lib chiqishi uchun bo’yoqni ikkinchi marta surib, ortiqcha bo’yoqni qog’oz bilan yo’qotish lozim. Kechasi labning bo’yog’i bilan yotib qolmaslik kerak. Labning bo’yog’ini kechqurun oziqlovchi krem bilan artib tashlash tavsiya etiladi.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x