Sitomegalovirus infeksiyasi – sabablari, belgilalari, tashxislash va davolash usullari

Sitomegalovirus gerpes viruslar oilasiga mansub. O‘zida DNK tutadi va insonning xar qanday to‘qima va a’zosini zararlantirish mumkin.

TORCH infeksiyalar ichida eng ko‘p tarqalganlaridan biri. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra Sitomegalovirus infeksiyasi (SMVI)ga antinatanalar kattalarda 40–80%, 2% chaqaloqlarda va 1 yoshgacha bolalar 50–60% da kuzatiladi. Kasallik keng tarqalgan. Mavsumiylik yo‘q. Kasbga aloqador bog‘liqligi va xususiyatlari yo‘q.

Sitomegalovirus yuqganda organizm immun holatiga qarab har-xil o‘zgarishlar chaqiradi: umuman belgisiz kechishdan boshlab toki yengil mononukleoz ko‘rinishida yoki og‘ir infeksiya ko‘rinishida o‘pka, jigar, buyraklar va boshqa a’zolarni zararlantirish mumkin.

 Sitomegalovirus infeksiya sabablari

Sitomegalovirus keng tarqalgan. Bemor yoki virus tashuvchi bilan yaqin kontakt bo‘lganda yuqadi. Virus tashqi muhitga odam biologik suyuqligi: sut, siydik, axlat, sperma va qin suyuqligi orqali tushadi. Yuqish yo‘llari asosan jinsiy, oziq-ovqat va havo orqali. Chaqaloqlar ona ko‘krak suti orqali yuqtirib oladi. Homiladorlikda xam SMV onadan bolaga o‘tishi mumkin. Agar Homila SMV yuqtirsa og‘ir kasallik – tug‘ma sitomegaliya yuzaga kelishi mumkin.

  • Agar qonda SMV bo‘lsa, qon quyish orqali ham yuqishi mumkin. SMV yuqtirib olinsa bu virus organizmda bir umrga qoladi.

Sitomegalovirus infeksiya belgilari

Infeksiyaning bir necha shakli bor:

1) Normal immunitetlilarda SMV-infeksiya

Aksari hollarda birlamchi infesti mononukleozga o‘xshash sindrom bilan namoyon bo‘ladi. Kasallik inkubatsion davri 20-60 kun, kasallik 2-6 hafta davom etadi. Isitma, xolsizlik, limfa tugunlari kattalashishi, mushaklarda og‘riq kuzatiladi. Organizmda yetarlicha immun javob berilganidan keyin organizmda virusga qarshi antitanalar ishlab chiqariladi va kasallik tuzalish bilan nihoyalanadi. Biologik suyuqliklar bilan virus ajralishi oylar yoki yillar davomida kuzatiladi. Birlamchi infeksiyadan keyin virus organizmda o‘n yillab faol bo‘lmagan xolda bo‘lishi va ba’zan organizmdan o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketishi mumkin. Aholining 90-95% da G klassidagi SMV antitanalar aniqlanadi.

2) Imuniteti kuchsizlashganlarda SMV-infeksiya (gemoblastoz, OITS bemorlarda, a’zo yoki suyak ko‘migi ko‘chirib o‘tkazilganlarda).

Bunda bemorlarda kasallik tarqalib, buyraklar, jigar, o‘pka, ko‘zlar va oshqozon osti bezi zararlanadi.

3) Tug‘ma sitomegalovirus infeksiyasi

Homila infeksiyani 12 haftagacha yuqtirsa odatda bola tashlash sodir bo‘ladi. Agar yuqtirish 12 haftadan keyin sodir bo‘lsa og‘ir kasallik – tug‘ma sitomegaliya rivojlanishi mumkin.

Uning belgilari: jigar, buyraklar, taloq kattalashishi, xorioretinit va pnevmoniya. Homiladorlik davrida SMV- infeksiya o‘tkazib og‘ir kasallik rivojlanmagan bolalarda psixomotor rivojlanishdan orqada qolishi, karlik, ko‘rish buzilishi, tishlar rivojlanishi nuqsonlari kuzatilishi mumkin.

Yuqish yo‘llariga qarab SMV belgilari tug‘ma (o‘tkir va surunkali) va orttirilgan infeksiyalarga bo‘linadi. Orttirilgan infeksiya latent, o‘tkir mononukleoz va tarqalgan shakllari bor.

Tug‘ma sitomegalovirus infeksiya

Tug‘ma SMV birdaniga namoyon bo‘lmasligi mumkin. Chaqaloq o‘sib borgani sari muammolar ko‘rina boshlaydi: aql pasayishi, karlik, nutq buzilishi va xorioretinit.

 

O‘tkir tug‘ma SMVI. Bo‘lajak ona homiladorlik 12 haftasigacha infeksiya yuqtirsa homila nobud bo‘lishi yoki tug‘ma nuqsonli bola tug‘ilishi mumkin, qaysiki bu nuqsonlar bola hayoti uchun xavfli (bosh miya patologiyasi, buyrak va yurak nuqsonlari).

Ona homiladorlikning 12 haftasidan keyin infeksiya yuqtirsa homila rivojlanishi og‘ir nuqsonlari shakllanmasligi mumkin, holbuki chaqaloq tug‘ilgandan keyin kasallik tez kunlarda namoyon bo‘ladi (gemolitik anemiya, gemorragik sindrom,                                                 sariqlik, interstitsial pnevmoniya, gidrotsefaliya, meningoensefalit).

Chaqaloqlarning 10–15% homiladorlikda infeksiya yuqganda sitomegalovirus sindrom deb nomlanuvchi yorqin holat kuzatiladiki u tarqalishga moyil bo‘ladi. Bir vaqtda ko‘p a’zo va tizimlar shikastlanadi va natijada chaqaloq 1-2 hafta ichida nobud bo‘lishi mumkin.

Surunkali tug‘ma SMVI. Bu shakl uchun mikrogiriya, mikro-, gidrotsefaliya ko‘rinishidagi bosh miya patologiyalari, shishasimon tana va gavxar xiralanishi kuzatiladi.

Orttirilgan sitomegalovirus infeksiya

  • Latent – yashirin shakli. Eng ko‘p tarqalgan shakli. Immenituti normal kattalar va bolalarda kuzatiladi. Belgisiz kechadi.
  • O‘tkir mononukleoz shakli. Namoyon bo‘lishi bo‘yicha gripp, virusli gepatit va infeksion mononukleozga o‘xshash.
  • Tarqalgan shakli. Immuniteti zaiflarda ko‘riladi.

Homiladorlikda sitomegalovirus infeksiya

Ayol homiladorlik davrida infeksiya yuqtirsa ko‘p xollarda kasallik o‘tkir shakli rivojlanadi. Miya, buyrak va jigar zararlanishi mumkin.

Shikoyatlari:

  • Holsizlik, bosh og‘rig‘i, umumiy darmonsizlik;
  • So‘lak bezlari kattalashganligi va tekkanda og‘riqliligi;
  • Burundan shilliqsimon suyuqlik kelishi;
  • Jinsiy a’zodan oqish suyuqlik kelishi;
  • Qorinda og‘riq (bachadon tonusi ortishi bilan bog‘liq) Bir qator tekshirishlardan keyin ayolda qog‘anoq suvi ko‘pligi, yo‘ldoshning barvaqt qarishi, kolpit va vaginit.
  • Yo‘ldoshning barvaqt ajralishi, tug‘ruqda qon ketishi va endometrit xavfi bo‘ladi.

Diagnostikasi

Sitomegalovirus diagnostikasi infeksiya klinik kechishi va laborator tekshirish usuli orqali amalga oshiriladi.

Labarator usullar:

  • virusni hujayra kulturasida aniqlash;
  • sitologik tekshirish (nurli mikroskopiya) – yadro ichi hosilali spetsifik gigant hujayralar topiladi
  • Immunoferment usul (IFA) – qonda sitomegalovirus M va G klassdagi maxsus antitanalar aniqlanadi;
  • Polimeraza zanjir reaksiyasi (PSR) – sitomegalovirus DNKsini har qanday biologik to‘qimada aniqlay oladi.

14 kungacha bo‘lgan chaqaloq qonida SMV IgM topilishi homilani homiladorlikda infeksiya yuqtirganligi isboti bo‘ladi.

Sitomegalovirus davosi

Virus tashuvchilik va mononukleozsimon sindromda agar odamda immunitet me’yorda bo‘lsa davo qilish shart emas. Virusga qarshi preparatlarni interferonlar bilan birgalikda buyuriladi. Bunda davo samarasi ortadi va preparatlar toksikligi pasayadi.

Profilaktikasi

Sitomegalovirus infeksiyasining maxsus profilaktikasi yo‘q. Sog‘lom immunitetli odamlarni sitomegalovirus infeksiyasining davosi yoki profilaktikasi uchun ehtiyojlari yo‘q. Infeksiya oldini olish uchun bemor bilan yaqin kontaktda bo‘lmaslik va shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish kerak.

Homilaga infeksiya yuqtirmaslikning asosiy usuli homiladorlikdan avval sitomegalovirus infeksiya bor yo‘qligini aniqlash. Homiladorlikda virusga qarshi davo qilinmaydi. Chunki bu preparatlar toksik zaharli ta’sirga ega va homila sog‘ligiga xavf bor. Sitomegalovirus infeksiya laborator tasdiqlangan ayollarda homiladorlik faqatgina infeksiya turg‘un uyqu holatida bo‘lishiga erishilgandagina ruxsat beriladi. Ko‘krak sutini 72 C da, 10 C termik ishlov berilganda virus aktivligi yo‘qoladi, ammo sutning foydali xislatlari saqlanib qoladi.

 


Hayz siklingizni nazorat qilishni istaysizmi? Homiladorlik uchun unumdor kunlarni bilib, homiladorlikni rejalashtirishni istaysizmi? Unda “Lalu — ayollar kundaligi” mobil ilovasini bepul yuklab oling!

Ilova sizga hayz siklingiz xarakterini tushunib, uni kuzatib borishingizda, ovulyatsiya kunini aniqlashda, homiladorlikni rejalashtirishingizda yordam beradi.
Bundan tashqari, ilova orqali hayz oldi sindromi haqida bildirishnoma olish, sikl buzilishi, fertil kunlar kabi holatlarni prognozlash va kuzatib borish, ginekologiya sohasiga oid maʼlumotlar olish imkoniyati mavjud.

Hoziroq bepul yuklab oling


Ginekologiya » Sitomegalovirus infeksiyasi — sabablari, belgilalari, tashxislash va davolash usullari

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x