SIRAKUZA

SIRAKUZA — Italiyaning jan. qismidagi shahar, Sitsiliya o. da. Aholisi 121 ming kishi (2001). Transport yoʻllari tuguni. Ioni dengizi sox. ilidagi port; portsanoat majmuasi tarkibida. Neftni qayta ishlash va neft kimyosi sanoatlari rivojlangan. Mashinasozlik, sement sanoati korxonalari bor. Baliq ovlanadi. Shaharga mil. av. 734-y. da yunonlar tomonidan asos solingan. S. Aholisining asosiy mashgʻuloti dehqonchilik va dengiz savdosi boʻlgan. Dionisiy I va Agafokl qukmronliklari davri (5—4-a. larning oxiri)da S. Sitsiliyaning deyarli hamma hududini oʻziga tobe etgan. Mil. av. 211-y. da rimliklar tomonidan egallangan. Mil. av. 6 — 5-a. larda qurilgan inshootlarning krldiqlari saqlangan. Sirakuza — Arximed vatani.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x