SINXRONIZATOR

SINXRONIZATOR — 1) avtomobillarning uzatmalar qutisida tishli gʻildiraklar (shesternyalar)ni shovqinsiz va turtkisiz ulash uchun ishlatiladigan qurilma. Ishi tishlashadigan detallarning ishqalanishi hisobiga uzatmalar qutisidagi ikkilamchi val va avtomobilning birlamchi vali bilan bogʻlangan tishli gʻildiraklarning burchak tezliklarini tenglashtirib turishga asoslangan. Sinxronizator tishli gʻildiraklarning ishlash muddatini uzaytiradi;

2) ikkita sinxron generatorni yoki oʻzgaruvchan tokning bir necha elektr tizimini avtomatik ulash qurilmasi; mashina va mexanizmlarning aylanish tezligini. Blokirovkalovchi halqa davriy jarayonlarning oʻzgarishini, kinofilm yaratishda tasvir bilan tovushni vaqt jihatdan moslash (sinxronlash) uchun ishlatiladigan mashina. Mas, kinoapparat bilan kinoplyonkaga tasvirni tushirish paytida tovush yozib oluvchi apparat yordamida tovush fonogrammaga yozib olinadi va h. k.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x