SINKLINAL

SINKLINAL (yun. synklino — egilaman) , sinklinal burma — choʻkindi va vulkanogenchoʻkindi katlamlarning botiq burmali strukturasi; egilgan qatlamlarning qabariq tomoni pastga qaragan boʻladi. Sinklinal strukturalar togʻ hosil boʻlish jarayonida tektonik harakatlar natijasida tok jinslari qatlamlarining burmalanishidan hosil boʻladi. Sinklinal yadrosi (markazi), asosan yosh qatlamlardan iborat. Strukturaning qaramaqarshi qanotlaridagi qatlamlarning yotishi Sinklinal markaziga yoʻnalgan boʻladi. Sinklinalning botiqlik darajasi mazkur strukturani toʻldirib turuvchi togʻ jinslari katlamlarining qalinligiga muvofiqdir. Koʻpgina qazilma boyliklar Sinklinal bilan boglik. Qavariq tomoni pastga qaragan S. burmalar antiklinallar bilan almashinib keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x