SHAHRIXONSOY

SHAHRIXONSOYAndijon va Fargʻona viloyatlaridagi magistral kanal. Kampirravot gidrouzelidan boshlanadi. 1887-yilda qurilgan. Uz. 120 km. Boshlanish qismida suv oʻtkazish imkoniyati 110 m3/s; Katta Fargʻona kanali bilan kesishgan joyida 30 m3/s. Sh. da Asaka shahri yonida 2 elektr stansiya kanal suvi (40 m3/s) bilan ishlaydi. Kanaldagi suv 8 yirik gidrouzellar orqali taqsimlanadi. 1976-yildan rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Kanal sel, Oqbura va Aravon daryolaridagi toshqin hamda qishki tashlama suvlarni qabul qilishga xizmat qiladi, bu suvlar kanal orqali Asaka uzeligacha keladi. Trassaning 62 km da Shahrixonsoy Aravonsoy daryosi bilan qoʻshilib ketadi va shu yerdan (Nayman rostlagichigacha) daryoning qadimiy oʻzanida oqadi. Janubiy Fargʻona kanali bilan birgalikda Andijon, Fargʻona viloyatlari va Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati (127,5 ming ga) yerlarini sugʻoradi. Andijon viloyatida Katta Fargʻona kanali bilan kesishgan joyigacha faqat Shahrixonsoyning oʻzidan 68 ming ga yer sugoriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x