SIKL (yun. kyklos — doyra) — 1) maʼlum vaqt ichida takrorlanib turadigan hodisa, jarayon va b. ning har bir davrasi (mas, yillik Sikl);
2) muayyan fanlar guruhi (mas, tarixiy Sikl);
3) bir butunni tashkil etuvchi bir qancha asar, maʼruza, konsert va sh. k. majmui;
4) badiiy adabiyotda — turkum;
5) musiqada — turkumli musiqa shakli.