ULUGʻNOR KANALI

ULUGʻNOR KANALIAndijon viloyatidagi Ulugʻnor — Baliqchi — Mazgil kanallar tarkibiga kiruvchi yirik sugʻorish inshooti. Katta Fargʻona kanalining Kuyganyor suv olish toʻgʻonidan 3,3 km quyidan suv oladi. Uz. 44,7 km, bosh qismidagi suv sarfi 35 m3/ sek. Oltinkoʻl qishlogʻi yaqinida Asaka tashlama kanali bilan kesishadi. Kanalning 11 km uzunlikdagi yuqori qismidan suv Asaka tashlamasiga tashlanadi, bu suv quyiroqda toʻsqich yordamida toʻsilib, taqsimlashrostlagich inshooti orqali kanalga qayta olinadi. Ulugʻnor kanalida yana 8 ta yirik: 20km da Qoʻshkoʻpir, 35km da Urmonbek, 45km da umumiy suv sarfi 8m3/sek boʻlgan shim. va jan. tarmoklar va b. inshootlar bor. Qoʻshkoʻpir inshootidan Qoradaryo va Zambarkoʻl kollektori oraligʻidagi yerlarni sugʻorish uchun Mazgil kanaliga, undan esa Oʻrmonbek tarmogʻiga suv olinadi. Ulugʻnor kanali Qoradaryoning chap sohilida 40 ming ga atrofidagi ekinzorni sugʻorish imkoniga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x