ULTRATOVUSH BILAN DAVOLASH

ULTRATOVUSH BILAN DAVOLASH — davolash va diagnostika maqsadida ultratovushdyan foydalanish. Ultratovushning taʼsir etish mexanizmi mexanik (hujayra va toʻqimalar mikromassaji), termik (issiq hosil boʻlishi) va fizikkimyoviy faol moddalar hosil boʻlishi va b. omillarga asoslangan.

Ultratovush tibbiyot amaliyotida 30-y. lardan qoʻllana boshlandi. Undan davo maqsadida foydalanishda maxsus apparatlar qoʻllaniladi.

Ultratovush tanaga 1 sm dan 5—6 sm gacha chuqurlikda kiradi, bu undan turli aʼzolarni davolashda foydalanishga imkon beradi. Ultratovush bilan davolash bilan d. da, asosan, uning toʻqimalardagi xujayralar ichki jarayonlarini (oqsil biosintezi, biologik faol moddalarning hosil boʻlishi, va b.) faollashtirishga yordam beruvchi kichik dozasidan foydalaniladi.

Ultratovush organizmga mexanik, fizik, kimyoviy va issiq taʼsir kidali. Ultratovushning terapevtik taʼsiri mahalliy va umumiy reaksiyalardan iborat boʻlib, neyroreflektor va gumoral yoʻl orqali yuzaga chiqadi. Ultratovush maʼlum dozada ogʻriqsizlantiruvchi, soʻruvchi, yalligʻlanishga qarshi, spazmolitik, fibrionolitik, qonni suyultiruvchi taʼsir qiladi. Uning taʼsirida bitish va tiklanish jarayonlari tezlashadi, nervmuskul apparati qoʻzgʻaluvchanligi oshadi. Periferik nerv tolasidan impuls oʻtishini tezlashtiradi, toʻqimaning trofik funksiyasini yaxshilaydi va h. k.

Tayanch-harakat apparati kasalliklari (artrit, artroz, revmatoid artrit, periferik nerv sistemasi jaroxati va kasalligi, hazm aʼzolari kasalliklari, meʼda va 12 barmoq ichak kasalliyutari), quloq, tomoq va burun kasalliklari (tonzillit, faringit), ginekologik kasalliklar (salpingoofaritlar), urologik kasalliklar (prostatit) va stomatologik kasalliklar (parodontoz)la yaxshi naf beradi.

Pekin ultratovushni qoʻllash bemorga toʻgʻri kelishikelmasligini faqat vrach aniqlab beradi. Toʻqimalarni kesish kabi xirurgik operatsiyalarda ham ultratovush asboblaridan foydalaniladi. Ultratovush diagnostika maqsadlarida tosh va yot jismlarni, homilaning joylashish holati hamda boshining oʻlchamini va b. ni aniqlashda qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x