SIBIR PLATFORMASI

SIBIR PLATFORMASI — Shim. Osiyoning oʻrta qismida joylashgan qad. (rifeygacha boʻlgan) yirik platformalardan biri. Sibir platformasi gʻarbda Yenisey vodiysi, shim. da Birranga toglarinkng jan. chekkasi, sharqda Lena daryosi etaklari bilan chegaralanadi.

Sibir platformasida arxeyproterozoyga oid burmalangan kristalli fundament va uni qoplovchi rifeyfanerozoy davrlarining choʻkindi jinslari qatlami ajralib turadi. Shim. (Anabar massivi va Olenek koʻtarilmasi), jan. sharq (Aldan qalqoni) va jan. gʻarb (Baykal oldi hamda Sharqiy Sayan chekka koʻtarilmalari)da fundament yer yuzasiga chiqkan. Sibir platformasining boshqa hududlarida fundament 10—12 km qalinlikdagi choʻkindi yotqiziklar b-n qoplangan va turli chuqurlikka tushgan bloklar sistemasiga boʻlingan. Yer poʻstining (Moxorovichich yuzasigacha) umumiy qalinligi 25—30 km dan (Vilyuy va Tungusska sineklizalarida) 40—45 km ga (Aldan qalqoni va jan. dagi fundamentning chekka koʻtarilmalari hamda Kanning yer yuzasiga chiqib kalgan joylarida) yetadi.

Fundamentda arxey va proterozoy davrlariga mansub mutlaq yoshi 2,3 — 3,7 mlrd. yilga teng kuchli metamorflashgan kristalli jinslar (gneys, kristalli slanes, amfibolit, charnokit, marmar) mavjud. Choʻkindi qoplam tarkibida yuqori tokembriydan antropogengacha hosil boʻlgan yotqiziklar bor. Rifey, kembriy va ordovik davrlarida hosil boʻlgan jinslar (chaqiq jinslar, karbonatli va tuzli qatlamlar) keng tarqalgan. Sibir platformasining eng serbar sineklizasi — Tungusska sineklizasi karbon va perm davrlariga mansub terrigenkoʻmirli yotqiziqlar, yuqori perm, trias davrlariga oid tufogen jinslardan iborat; sinekliza chekkalarida otqindi jins juda koʻp. Irkutsk bukilmasi hamda qator botiqlar yura davri yotqiziqlaridan hosil boʻlgan. YeniseyXatanga va Lena bukilmalari, Vilyuy sineklizasi yura, boʻr davrlari va kaynozoy yotqiziqlaridan tarkib topgan.

Sibir platformasiga magmatik togʻ jinslarini keng tarqalishi xos boʻlib, trappli magmatizm ulardan eng rivojlanganidir. Trapplar b-n Norilsk mis nikel konlari, Udokanda misli kumtoshlar, kimberlit naychalarida esa olmos konlari uchraydi.

Platforma fundamentida juda yirik temir konlari, slyudalar (flogopitlar), pyezokvars va apatit konlari; choʻkindi qoplamda neft, yonuvchi va bitumli slaneslar, gaz, toshtuz, gips, temir rudasi, fosforit, marganes, magnetit rudalari, nodir metallar, grafit, island shpati va b. foydali qazilma konlari bor. Sibir platformasi koplam yotqiziqlarida dunedagi eng yirik koʻmir havzalari joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x