SEFERIS

SEFERIS (Sepheres) (taxallusi; aslida Seferiadis) Georgos (1900.19.2, Izmir sh. — 1971.20.9, Afina) — grek shoiri. 1926—62 y. larda turli mamlakatlarda Gretsiyaning elchisi va konsuli boʻlib ishlagan. 2-jahon urushi davrida Qarshilik koʻrsatish harakatining ishtirokchisi. Ilk sheʼriy toʻplami — «Strofalar» (1931 )da dabdabali ortiqcha soʻzlardan chekinib, aniqva tejamkor bandlar, murakkab pogʻonali qofiyalar va fransuz simvolistlarining obrazlilik uslublaridan foydalangan. «Afsonalardagi tarix» (1935), «Tajribalar kitobi» (1940), «1 vaxta jurnali» (1940), «2vaxta jurnali» (1955) sheʼriy toʻplamlari, «Sisterna» dostoni (1932) va b. asarlari Seferisni erksevar xalq kuychisi sifatida tanitgan. Esselar ham yozgan. Nobel mukofoti laureati (1963).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x