SHULS Viktor Lvovich

SHULS Viktor Lvovich (1908.15.8, Samara shahri — 1976.7.5, Toshkent) — gidrolog olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1958). Geografiya fanlari d-ri (1948), prof. (1949). Oʻzbekiston geografiya jamiyatining prezidenti (1959—72). Samarqanddagi Oʻzbekiston paxtachilik intini tugatgan (1932). 1933—38 yillarda Toshkent gidrometeorologiya xizmati gidrologiya boʻlimining ilmiy rahbari, 1937-yildan Oʻrta Osiyo untida dotsent. Quruqlik gidrografiyasi kafedrasi mudiri (1949—72), prof. konsultanti (1973—76). Ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda togʻ gidrologiyasini oʻrganishga bagʻishlangan.

As: Oʻrta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969 (R. R. Mashrapov bilan birga); Reki Sredney Azii, ch. 12, L., 1965.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x