SAYLOV OKRUGI

SAYLOV OKRUGIdavlat boshligʻi yoki hokimiyatning vakillik organlariga saylov oʻtkazish uchun tuziladigan aholi hududiy tashkilotining asosiy boʻgʻini. So. unda qancha deputat saylanishiga qarab, bir mandatli va koʻp mandatli boʻlishi mumkin. Har bir okrugdan qonunda belgilangan miqdorda (vakillik normasi) deputatlar saylanadi. Dunyo davlatlari tajribasiga koʻra, saylovni demokratik tamoyillarga muvofiq oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida turli xil milliy-maʼmuriy bulinishga mos ravishda saylov okruglari tuziladi. Yaʼni davlatning maʼmuriyhududiy boʻlinish boʻyicha istiqomat qilayotgan aholining oʻz vakillarini davlat hokimiyati organlariga saylash shartlari saylov okruglarida belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida OʻzR Prezidenti saylovi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylov va referendum toʻgrisidagi qonunlar asosida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov tayinlangandan keyin saylov okruglari roʻyxati ularning chegaralari va saylovchilar sonini koʻrsatilgan holda eʼlon qilinadi. Saylov okruglari har bir saylov vaqtida Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng miqdorda qilib belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazish uchun 120 ta hududiy So. tuziladi. Xalq deputatlari viloyat va Toshkent sh. Kengashlariga deputatlar saylashda 60 tadan koʻp bulmagan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga deputat saylashda — 30 tadan kup boʻlmagan hududiy So. tuziladi. Har bir Saylov okrugidan Oliy Majlisga, tegishli xalq deputatlari Kengashiga bitta deputat saylanadi. Saylov okruglarining chegaralari viloyatlar, tumanlar va shaharlarning maʼmuriy-hududiy tuzilishini inobatga olgan holda belgilanadi.

Abdujabbor Toʻlaganov, Abduaziz Choʻliyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x