SHOPUR I

SHOPUR I (? 272) Eron shohi (239 yohud 241-yildan), Sosoniylardan. Ardashir I ning oʻgʻli. Otasi davrida boshlangan davlat hududini kengaytirish va uni mustahkamlash ishlarini davom ettirgan. U katta hududlarni bosib olgan. 260 yil Edessa yaqinida Rim qoʻshinlarini tormor keltirib, imperator Valerian hamda uning qoʻshinining katta qismini asir olgan. Suriya, Armaniston, Shim. Mesopotamiyani boʻysundirgan (262—263). Shopur I Turon hududiga ham bosqinchilik yurishlari qilib Kushon podsholigita qarshi Hirot, Seyiston, Marv, Girkaniya, Kushonshahr va boshqalar viloyat va shaharlarni egallagan, Sugʻd va Choch vohasiga bostirib kirgan. Shopur I 1 davrida Eronda keng miqyosda irrigatsiya va qurilish ishlari olib borilgan, koʻplab shaharlarga asos solingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x