SHISHKIN Vasiliy Afanasyevich

SHISHKIN Vasiliy Afanasyevich [1893.29.12 (1894.10.1) , Kirov viloyati, RF — 1966.18.10, Samarqand1 arxeolog va sharqshunos. Oʻzbekiston FAning muxbir aʼzosi (1966), tarix fanlari d-ri (1961). Oʻzbekiston FATarix va arxeologiya instituti arxeologiya sektorining mudiri (1943—66). 1923-yildan Buxoro, Samarqand, Toshkent shahrilarida oʻrta va oliy oʻquv yurtlarida dars bergan. Shishkin Afrosiyob xarobasini qazish (1925), Zarafshon (193435) va Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (1936—38), Poykendni oʻrganish (1939), Amir Temur maqbarasini ochish (1941), shuningdek G. A. Pugachenkova bilan hamkorlikda Jarqoʻrgʻon minorasini tekshirish (1938) va boshqalar arxeologik ekspeditsiyalarda qatnashgan. Ulugʻbek rasadxonassht Shishkin 1948-yilda qazib toʻla oʻrgangan. 1938—39 yillarda Varaxshat arxeologik tadqiqotlar olib borib, 3 qismdan iborat yirik monografiya — «Varaxsha» asarini yaratgan (1963). Shishkin 40 yillik ilmiy faoliyatida 100 ga yaqin asarlar yozgan.

Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya intining ilmiy toʻplamlariga (1959— 65) muharrirlik qilgan. «Oʻzbekiston xalqlari tarixi», «Oʻzbekiston SSR tarixi» kitoblarini tayyorlashda ishtirok etgan.

As: Arxitekturnne pamyatniki Buxarm, T., 1936; Varaxsha, M., 1963; Afrosiyob — qadimiy madaniyat xazinasi, T., 1966.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x