SHAN

SHAN (oʻzlarini — txay nyu deb ataydilar) — Myanmaning shim. sharqi (2,85 mln. kishi), Tailand va Laosdagi tai guruhiga mansub xalq. Umumiy soni 2,93 mln. kishi (1987). Dindorlari, asosan, buddaviylar. Shan larning ajdodlari Hindixitoyda mil. av. 1ming yillik oxiri — mil. 1ming yillik boshida paydo boʻlishgan. 7-a. da ular ilk oʻrta asr Muanmau davlatini barpo etishgan. Bu davlat 16-a. da parchalanib ketgan. 1947-y. Sh. lar muxtoriyat huquqini olganlar (milliy Shan davlati). Anʼanaviy mashgʻuloti — dehqonchilik, chorvachilik, baliq ovlash; hunarmandchilik taraqqiy etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x