SERUSSIT

SERUSSIT, oq qoʻrgʻoshin rudasi — karbonatlar sinfiga mansub mineral, qoʻrgʻoshin karbonati. Kimyoviy tarkibi RSO3; oz mikdorda Sa, Zn, Sr, Mg aralashgan boʻladi. Romb singoniyada kristallanadi. Aragonitning strukturaviy analogi. Kristallari psevdogeksagonal-dipiramidal, ustunsimon va b. shakllarda. Donador, kukunsimon, tolasimon agregatlar hosil qiladi. Rangsiz, oq, kulrang, qora, kamdan-kam qoʻngʻir, koʻk, yashil tusda. Olmosdek, baʼzan shishasimon yaltiraydi, shaffof. Qattiqligi 3—3,5, zichligi 6,4—6,6 g/sm3. Juda moʻrt. Qoʻrgʻoshinli tomirlarning yer sathiga yaqin zonalarida karbonatli suvlarning galenitga taʼsiri natijasida hosil boʻladi. Sinonimi: akruzit, qoʻrgʻoshin shpati. Qoʻrgʻoshin olinadigan ruda hisoblanadi. Serussit 10—11-a. lardan maʼlum boʻlib, qoʻrgʻoshinning oson ishlov beriladigan rudasi sifatida foydalanilgan. RF (Oltoy), Qozogʻiston, AQSH va Avstraliyada konlari bor. Oʻzbekistonda Qoʻrgʻoshinkon, Lochinkon, Jan. Darboza konlarida topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x