SEMENT

SEMENT (lot. caementum — shagʻal, chaqiq tosh) — sunʼiy noorganik kukunsimon bogʻlovchi mineral. Suv qoʻshilsa, xamirsimon massa hosil boʻladi, vaqt oʻtishi bilan qotib, toshsimon jismga aylanadi. Sement havoda ham, suvda ham qotish xususiyatiga ega. Sement qurilishda juda keng qoʻllaniladigan betonning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Sementning romansement, portlandsement, glinozyomsement, kengayuvchan, gidravlik qoʻshimchali kabiturlari mavjud. Romansement ohaktoshni 900° gacha kuydirish yoʻli bilan olinadi, keyin maydalab kukun holiga keltiriladi. Xom ashyoning xiliga qarab, romansementning qotish muddati 15 minutdan 24 soatgacha boʻlishi mumkin. Uning mustahkamligi ancha past boʻlib, 25 dan 100 gacha markali boʻladi. Shuning uchun ham uning oʻrnini 20-a. oʻrtalaridan boshlab portlandsement egallay boshladi. Glinozyomsement glinozyom (alyuminiy oksidi)ga boy boʻlgan togʻ jinslari — boksit (alyuminiy rudasi), ohak yoki ohaktosh aralashmasini kuydirish yoʻli b-n olinadi. Kimyoviy tarkibi 40% SaO; 40% A12O3; 6 — 8% SiO2 dan iborat. Tez qotishi, mustahkamligining yuqoriligi va mine-rallashgan suvlarga turgʻunligi b-n ajralib turadi. Markasi 300; 400; 500. Narxi portlandsementga nisbatan 2,5—3 baravar baland. Glinozyomsement katta mustahkamlik talab etiladigan beton va temir-beton konstruksiyalarda, dengiz va minerallashgan suvlar taʼsirida boʻladigan inshootlarda, tezkor yoʻl va qurilish ishlarida, qish sharoitida betonlashda qoʻllaniladi. Kengayuvchan Sementning tarkibida glinozyom sementdan tashqari ohak va gips ham boʻladi; tez qotadi; oʻta mustahkam va suv oʻtkazmas material hisoblanadi. Kengayuvchan Sement gidroizolyatsiya ishlarida, choklarni yopish va taʼmirlash ishlarida qoʻllaniladi. Gidravlik qoʻshimchali portlandsement (baʼzan «pussolan portlandsement» deb ham yuritiladi) Sement klinkeri (toshqoli) va nordon gidravlik qoʻshimchalar (trepel, diatomit, trass, pemza va b.)ni birgalikda maydalash (kukunlash) yoʻli bilan tayyorlanadi. Gidravlik qoʻshimchalar aralashma miqdorining 20—40% ini tashkil etishi mumkin. Bu S. portlandsementga nisbatan arzonroq boʻlib, gidrotexnika, vodoprovod va kanalizatsiya inshootlarida qoʻllanadi. Agressiv suvlar taʼsiriga chidamli. Sement sanoatda 19-a. dan boshlab ishlab chiqariladi (q. Sement sanoati).

Ad.: Texnologiya vyajuщix veshestv, M., 1965; Qosimov E. Q., Qurilish ashyolari, T., 2003. Botir Hobilov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x