SEHRGARLIK

SEHRGARLIK, jodugarlik — xalq eʼtiqodiga koʻra, ayrim odamlarning ziyon yetkazish yoki undan xalos etish, kasalliklarni tuzatish borasidagi moʻjizaviy qobiliyati. Sehrgarlikning paydo boʻlishi ibtidoiy din shakllari — animizm, fetishizm, ajdodlar ruhiga sigʻinish va b. bilan bogʻliq. Ska ishonish deyarli hamma xalqlarga xos. Etnograflar fikricha, ziyon yetkazadigan Sehrgarlikning ijtimoiy asosi qabilalar oʻrtasidagi oʻzaro dushmanlikdan kelib chiqqan. Boshqa qabila kishisiga kasallik, oʻlim tilab afsun oʻqish, yovuz ruhlarga eʼtiqod qilishning manbalaridan biri boʻlgan. Sehrgarlikga ishonish buddizm, xristianlik, islom dinida va b. dinlarda sakdanib qolgan, qisman ular bilan aralashib ketgan. Oʻrta asrlarda Yevropada xristian cherkovida S — iblis xatti-harakatidir degan qarash mavjud boʻlgan. Cherkov va dunyoviy hokimiyat Sehrgarlikda shubha qilingan barcha kishilarni qattiq taʼqib etgan. Islomda Sehrgarlik bilan shugʻullanish ogʻir gunoh hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x