SHAMOLLAR SXEMASI

SHAMOLLAR SXEMASI (meteorologiyada) — maʼlum joydagi (mahalliy) shamol rejimi (yunalishi) ni ifodalaydigan grafik. Odatda, koʻp yillik kuzatishlar asosida oylik, mavsumiy va yillik grafiklar tuziladi. Ufqning asosiy yoʻnalishlari boʻylab bir markazdan taralgan nur shaklidagi chizigʻutarning uzunligi shu yoʻnalishda esgan shamollarning qandaydir qiymatiga (ularning takrorlanishiga, oʻrtacha tezligiga, shu ikki miqdorning koʻpaytmasiga va b. ga) mutanosib (uygʻun) boʻladi. Shamollar sxemasi. Nurlar (chiziklar)ning har biri shamolning qaysi tomonga esishini koʻrsatadi (mas, Gʻ — gʻarb, Sh — shimol, SHQ — sharq, J — janub, SHGʻ — shimoligʻarb, ShSHQ shimolisharq, JSHQ — janubisharq, JGʻ — janubigʻarb). Nurlarining uchlari siniq chiziklar yordamida birlashtiriladi. Shamollar sxemasining fan va xalq xoʻjaligidagi nazariy va amaliy axamiyati katta.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x