SAYQALIY

SAYQALIY, Hisoriy, Sobiriy (taxalluslari; ismi Sobir) (1730 — Hisor — 1798) — shoir. «Qissai Ibrohim», «Rangnomai imom Muhammad Hanafiya», «Ahtamnoma», «Ravzat ushshuhado» kabi diniydidaktik asarlari bor. Ularda Sharkda mashhur ayrim syujetlar qisqa bayon etilgan. Gʻazal, muxammas, musaddas, musamman va masnaviylarida zamonasidan, haqsizlik va qashshoqlikdan shikoyat qilgan, insonni, uning sevgisini ulugʻlagan. Sayqaliy ijodida ishqiysarguzasht mazmundagi «Bahrom va Gulandom» dostoni alohida ahamiyatga ega. Asar masnaviy va lirik janrlarda aralashtirib yozilgan. Kirish qismida 20 dan ortiq ishqiy syujetlarni sanaydi. Uning asarida xalq ogʻzaki ijodidagi Bahrom obrazi asosiy qahramon qilib olingan. Rum shahzodasi Bahromning Chin malikasi Gulandomga oshiq boʻlishi va ularning sarguzashtlari asarning asosiy syujetini tashkil etadi. Asarda mardlik, vatanparvarlik, sadoqat, maqsadga intilishda sobitqadamlik kabi olijanob insoniy fazilatlar tarannum etilgan. Sayqaliy asarlari Markaziy Osiyo, Qozogʻiston, Tatariston va b. joylarda keng tarqalgan, bir necha bor nashr etilgan. Qoʻlyozma nusxalari Sankt-Peterburg, Toshkent, Ashxobod, Dushanba, Samarqand kabi shaharlardagi qoʻlyozmalar fondlarida saqlanadi.

Ac: Bahrom va Gulandom, T., 1960.

Ad.: Abdullayev V., Oʻzbek adabiyoti tarixi, 2kitob, T., 1967; Oʻzbek adabiyoti tarixi |5 j. li], 4j., T., 1978.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x