SAYMON

SAYMON (Simon) Gerbert Aleksandr (1916.15.6, AQSH, Milluoki, Viskonsi shtati — 1985) — amerikalik iqtisodchi. Chikago un-tini tugatgan. Illinoys texnologik in-ti va Karnegi-Mellon un-tlarida oʻqituvchi (1949-y. dan). Uning ilmiy tadqiqotlari hoz. zamon iqtisodiyot fanining tashkilot (firma)larda qarorlar qabul qilish nazariyasi, menejment, evristik dasturlashtirish sohalariga bagʻishlangan. «Maʼmuriy xulq» (1947) asarida firma nazariyasini rivojlantirdi va qarorlar qabul qilish nazariyasini asoslab berdi. Amadda zamonaviy firma boshqaruvchilar guruhi tomonidan boshqariladigan, mulk ham, nazorat ham taqsimlangan yirik iqtisodiy birliqdan iborat. Firma qarorlari, yangi davrda klassik yakka tadbirkor oʻrniga oʻzaro hamkor rahbarlar guruhi tomonidan qabul qilinadi va bunday qarorlarda har bir aʼzoning manfaati yotadi. Alohida firmalar foydani maksimallashtirishga emas, balki muammolarning maqbul yechimlarini topishga intiladilar. Qarorlar qabul qiluvchi guruh eng muqobil yechimni tanlay olmagani sababli qoniqarli muqobil qarorlar bilan qanoatlanishlari lozim. Nobel mukofoti laureati (1978).

As: Nauka ob iskusstvennom, M., 1972.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x