SAYFIY BUXORIY

SAYFIY BUXORIY, Mavlono Sayfiy, Sayfiy Aruziy Buxoriy (14-a. 2-yarmida — Buxoro — 1503) — shoir, adabiyotshunos olim. Buxoro va Hirot madrasalarida tahsil olgan. Sulton Husayn Boyqaro Xuroson hukmdori boʻlgach, 15-a. 70y. larida Hirotga borgan va u yerdagi adabiy muhitda nom qozongan. «Sanoeʼ ulbadoeʼ» nomli kitobi Hirotda shuhrat qozongan boʻlib, undagi yuz gʻazalning har biri bitta kasb va sanʼat sohasiga bagʻishlangan.

Sayfiy Buxoriyning 2 ta devoni hamda «Risolai aruz» va «Risolai musiqiy» asarlari mavjud. 1-risolada sheʼr va shoirlik, aruz qonunqoidalari, bahri va doiralari anchayin sodda va ravon til hamda uslubda tadqiq etilgan. U oʻz gʻazallarida dehqonlar va kasb-hunar egalarini madh etgan.

S. B. Movarounnaxrga qaytgach (1487), bir necha muddat Samarqand hokimi Boysunqur Mirzoga murabbiylik qilgan. 1498-y. da u Buxoroga kaytgan va shu yerda vafot etgan.

Ad.: Alisher Navoiy, Majolis unnafois [Mukammal asarlar toʻplami, 20 j. li], 13j., T, 1997; Bobur 3. M., Boburnoma, T., 2002; Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T, 1993.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x