SAVOY KANALI

SAVOY KANALIFargʻona vodiysidagi davlatlararo kanal. 1930-y. Savoy dashtini oʻzlashtirish uchun Kampirravot gidrouzelidan Oqboʻra daryosigacha qazilgan. 1932—33 y. larda keyingi navbati qurilgan. Uz. 53 km. Shundan 30 km dan ortiqrogʻi Kirgʻizistonning Oʻsh viloyati hududida, qolgan kismi Andijon viloyati hududidan oʻtadi. Kanalning boshlanish qismidagi suv sarfi 20 m3/sek. Kanal jami 34 ta suv chiqarish qurilmalari (shundan 3 tasi Qirgʻizistonda) bilan jihozlangan. Kanal 29km da Oqboʻra daryosini dyuker orqali kesib oʻtadi. Savoy kanali suvi bilan Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa va Xoʻjaobod tumanlarida 15,2 ming ga, Oʻsh viloyatida 3,7 ming ga yer sugoriladi. Kanadsa sel suvlari uchun tashlamalar qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x