SAVATCHILIK

SAVATCHILIK — badiiy hunarmandlik turi; Oʻrta Osiyoda qadimdan mavjud boʻlgan. Savat toʻqishda xom ashyo sifatida tol, tut, turangʻil, yulgʻun novdalari, bugʻdoy poyasi, qamish va b. dan foydalaniladi. Novdalarni maʼlum vaqt (sent. —okt.)da yigʻib olinadi, bir necha kun salqin joyda saqlanadi, mustahkamligini oshirish uchun vaqt-vaqti bilan suv sepib turiladi, shunda ular yaxshi bukilib, sinmaydigan boʻladi. Ayniqsa, qora tol novdasidan toʻqilgan savatlar qadrlangan. Baʼzan novdalarning pusti tozalanib ham savat toʻqiladi. S. Oʻzbekistonning barcha viloyatlari (jumladan, Fargʻona, Toshkent va b.)da tapqalgan. Savatchilik boʻyicha mutaxassislar ustashogird usulida, hoz. kunda turli badiiy bilim yurti, toʻgaraklarda ham tayyorlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x