SARIMSOQOV Toshmuhammad Aliyevich

SARIMSOQOV Toshmuhammad Aliyevich (1915.10.9, Andijon viloyati Shahrixon qishlogʻi — 1995.17.12, Toshkent) — matematik olim va jamoat arbobi, Oʻzbekiston FA akad. (1943), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960), Mehnat Qahramoni (1990). Fizikamat. fanlari d-ri (1942), prof. (1942). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1936), shu un-tda assistent, dotsent, prof. va kafedra mudiri (1931—42; 1983—8 194345, 195258 va 197183-y. larda un-t rektori. Oʻzbekiston FA vitseprezidenti (1943—46), prezidenta (1946 — 52), Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (1959—71). 1988-y. dan Oʻzbekiston FA Prezidiumida maslahatchi. Ilmiy ishlari ehtimollar nazariyasi, geofizika meteorologiyasiga bagʻishlangan. Topologiya va funksional analiz boʻyicha Toshkent ilmiy maktabi asoschisi. Yarim maydonlar nazariyasi va uning ehtimollar nazariyasiga tatbikini ishlab chiqqan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967, 1992). «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2002).

As: Osnovы teorii protsessov Markova, M., 1954; Topologicheskiye algebrы Bulya, T., 1963 (v soavtorstve); Haqiqiy oʻzgaruvchining funksiyalari nazariyasi, T., 1968; Topologicheskiye polupolya i teoriya veroyatnostey, T., 1969.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x