KARTEL

KARTEL, kartel bitimlari (ital. cartelio — qogʻoz, hujjat) — ishlab chiqaruvchilar yoki isteʼmolchilarning monopolistik birlashmalari shakli; bir tarmokdagi mustaqil korxonalar, firmalar, kompaniyalarning i. ch. va sotishning umumiy hajmlari, narxlar, sotish bozorlari, har bir ishtirokchining hissasi, ishchi kuchi yollash va b. toʻgʻrisida bitimi. Kartel tashkil etishdan asosiy maqsad birlashma ichida raqobatni bartaraf etish, cheklash va ushbu kelishuvda qatnashmagan firmalar tomonidan boʻladigan tashqi raqobatni bostirish yoʻli bilan foydani oshirishdan iborat.

Kartellar i. ch. ning konsentratsiyalashuvi va kapitalning markazlashuvi bilan bogʻliq holda 19-a. oxirida paydo boʻldi. 20-a. ning 1-yarmida Germaniyada keng tarqaldi. Amerikada trestlarga qarshi qonunlar chiqarilib, ayrim sohalarda Kartel tuzish taqiqlandi, lekin shunga karamay, maxfiy Kartel bitimlari davom etdi. Kartel 20-a. ning 20—40-y. lari oʻrtasida sanoatning koʻpgina sohalarida avj oldi.

Hoz. davrda bir qator mamlakatlarda Kartel bitimlari tuzish monopoliyaga qarshi qonunchilik bilan taqiqlangan yoki ayrim tarmoqlar va i. ch. turlari yoki alohida sharoitlar doirasi bilan cheklangan. Jahonda son jihatidan unchalik koʻp boʻlmagan ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida muayyan bir tovar boʻyicha jahon bozorini oʻzaro boʻlib olish, raqobat darajasidan ortiq boʻlgan foyda olish, xonavayronlik raqobatiga yoʻliqmaslik maqsadlarida xalqaro Kartel bitimlari tuzildi.

Hoz. sharoitlarda ham bir qancha qudratli xalqaro Kartellar mavjud, OPEK unga yorqin misol boʻla oladi. Bozor monopoliyasiga karshi kurashda mayda va oʻrta biznes K. bitimlaridan unumli foydalanadi.

Risolat Ishmuratova..

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x